cargo add relm4 qilib ishlab ketishdan koʻra relm4-template reposidan shablon olib ishni boshlagan afzal. Loyihani har xil distrolarda build qilsa boʻladi va NixOS bilan ham integratsiyasi bor. Batafsil README.md
git clone git@github.com:Relm4/relm4-template.gitQoʻshimchasiga Xinux jamoasi test loyihalar uchun bleur dasturiga relm4 shablonlarini ham qoʻshib qoʻygan.
Yuqoridagi shablon README.md
faylida aytib oʻtilganday Fedora, Debian va NixOS distributivlarida build
qilish imkoni mavjud. Nix paket menejeri faqatgina yangi versiya chiqarayotganda
yo nix devshellʼga yangi paketlar qoʻshilganida build qilish tavsiya etiladi.
Incremental build nix build
orqali ishlamaydi va cargoʼning --release flagi orqali build qiladi.
Debag qilayotganimizda--debug flagi bilan build qilish kifoya. Meson orqali
qaysi muhitda build qilishimizni berolamiz va oldin qilgan buildlarimizni keshlay oladi.
Flatpak buildlari uchun README.md fayliga qarang
meson setup builddir -Dprofile=development \
--prefix=~/.local && meson install -C builddir \
&& ~/.local/bin/gtk-rust-templateloyihani run qilishni boshlab olganimizdan soʻng vidjet va komponentlar
qoʻshishni boshlaymiz. Orada qoʻshimcha margin, padding, css atributlarni
qoʻshib test qilishimiz uchun har safar loyihani qayta build qilishimiz shart
emas. Ctrl + Shift + d tugmalarini baravar bosib gtk inspektorini yoqamiz.
gtk Inspektor firefox, chrome brauzerning inspektoriga oʻxshaydi
Inspektor orqali boshqa gtk dasturlarining UI komponentlarini kavlashimiz mumkin
Skrinshot.2026-09-19.23-44-50.webm
Mobil qurilmalarga moslab yozish uchun Ctrl + M yorliq bilan “Moslashuvchan koʻrish” oynasiga oʻtamiz
Skrinshot.2026-09-19.23-53-46.webm
VSCode va Zed editorlarini ishlatish afzal koʻriladi ammo oʻzingizga qulay editorni ishlatishingiz ham mumkin. relm4-snippets xozircha faqat VSCode (vscode-relm4-snippets) va Zed (zed-relm4-snippets) uchun mavjud.
relm4 kutubxonasi dasturchilari va hamjamiyat aʼzolari iloji boricha barcha gtk/adw komponentlarini relm4ʼda qanday yozilishini misollarni yozib berishgan. Batafsil: https://github.com/Relm4/Relm4/blob/main/examples/README.md
Ortga qaytish: https://gist.github.com/bahrom04/9c03a17f278eebc599a5b3d31abc95ef
Keyingi bet: https://gist.github.com/bahrom04/d42d873f4be4d36ab6cf03d88e73b4df