Skip to content

Instantly share code, notes, and snippets.

@bahrom04
Last active September 19, 2026 19:25
Show Gist options
  • Select an option

  • Save bahrom04/9c03a17f278eebc599a5b3d31abc95ef to your computer and use it in GitHub Desktop.

Select an option

Save bahrom04/9c03a17f278eebc599a5b3d31abc95ef to your computer and use it in GitHub Desktop.
UOSS desktop development

“Uzinfocom Open Source software” boʻlimini qisqaroq qilib aytganda UOSS. Jamoaning taxminan 1/3 qismi aʼzolari Xinux OT ustida ish olib borishadi va aynan shu Xinux jamoasining rust tilida yozadigan jamoasi bor 😁️.

Androidchilar dart, kotlin, java tilida, iOSʼchilar esa swift tilida yozganiga oʻxshab rust tili har xil DE uchun desktop development yoʻnalishida yaxshigina hamjimiyatlariga ega.

Jumladan eng mashxurlar freymvorklari:

Batafsil toʻliq roʻyxat: Are we gui yet?)

Xinux nomi ostida yozilgan 6 ta dasturlarining hammasi relm4 kutubxonasida. Relm4 — elm tilidan ilhomlangan gtk-rs ustiga qurilgan kutubxona. 4 raqami aynan gtk4 va GNOME 40 versiyadan boshlab qoʻllab-quvvatlanishini anglatadi. GNOME DE dasturlari oldindan asosiy C tilida yozilgan gtk freymvorkidan ishlatishardi lekin yangi qoʻshilayotgan dasturlar rustda koʻpincha yozilyapti va python, go, haskell, vala tillarida yozishga ham kutubxonalari bor. Agar eʼtibor bergan boʻlsangiz flathub saytidagi koʻp dasturlar gtkda yozilgan. Boshlovchilar linux uchun nativ dasturlar yozishiga aynan gtk qulay freymvork deb oʻylayman agar rust, C, python tilida loyihalar qilib yurgan boʻlsangiz. C++ asosiy tilingiz boʻlsa unda QT.

Agar relm4 boshlamoqchi boʻlsangiz quyidagi havolalardan tanishib chiqishingiz mumkin. Frontentda olingan tajribalar va rust kitobidagi boshlangʻich bilimlar boʻlgani kifoya.

Relm4 kutubxonasida boʻlayotgan ishyularni githubʼda kuzatib boramiz va foydalanganimiz uchun qoʻldan kelgancha yordam berib kelamiz.

Keyingi bet: https://gist.github.com/bahrom04/3047a83a0d5db6193bd3e6a6b279caa6

Sign up for free to join this conversation on GitHub. Already have an account? Sign in to comment